bio-ilim.uz

8–9-sinf biologiyasi · to‘ntarilgan sinf modeli

Mavzuni uyda o‘rganing, sinfda uni hayotga tatbiq eting

bio-ilim.uz — o‘quvchilarning mustaqil ta’limi uchun sayt. Har bir mavzu kimyo, fizika va geografiya bilan bog‘langan, topshiriqlar esa xalqaro PISA tadqiqoti uslubida tuzilgan.

Har bir mavzu — uch bosqichda

  1. 1-bosqich · saytda

    Darsdan oldin

    Yangi mavzu bilan qisqa matn, video va sxema orqali tanishasiz, 3–4 ta diagnostik savolga javob berasiz va tushunarsiz joyni yozib qoldirasiz.

  2. 2-bosqich · sinfda

    Darsda

    Hayotiy vaziyatlarga asoslangan PISA tipidagi topshiriqlar bajariladi: matn, jadval va grafiklardan ilmiy xulosa chiqariladi.

  3. 3-bosqich · saytda

    Darsdan keyin

    Refleksiya varag‘ini to‘ldirasiz: nimani o‘rgandingiz, nima qiyin bo‘ldi va bilimni hayotda qayerda qo‘llaysiz. Qo‘shimcha topshiriq ham bor.

Integratsiya darajalari

Mavzu sahifasidagi integratsiya kartasi 6-sinf “Tabiiy fanlar” kursidagi tayanch tushunchalarni ham eslatadi.

FI
Fan ichidagiBiologiyaning turli bo‘limlarini bog‘laydi.
FA
FanlararoKimyo, fizika va geografiya bilan bog‘lanish.
TP
TranspredmetBir nechta fanni hayotiy muammo atrofida birlashtiradi.

Tabiiy-ilmiy savodxonlik

Topshiriqlar PISA doirasidagi uch kompetensiya bo‘yicha belgilangan, natijalaringiz shu kesimda ko‘rsatiladi.

  • K1Hodisalarni ilmiy tushuntirish
  • K2Ilmiy tadqiqotni loyihalash va baholash
  • K3Ma’lumotlar va dalillarni ilmiy talqin qilish

O‘qituvchimisiz?

Sinf yarating, mavzularni oching va o‘quvchilar javoblarini rubrika asosida baholang.

Batafsil